“Liverpul” Van Deykni sotmoqchi – OAV
Sport
−
03 iyul 773 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi klub sardori Virjil van Deykni daxlsiz futbolchi sifatida ko‘rmayapti va u bo‘yicha tushadigan jiddiy transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda “TEAMtalk” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mavsum klub kutganidek o‘tmaganidan so‘ng “Liverpul” rahbariyati jamoaning bir qator yetakchi futbolchilari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqqan. Van Deyk 2025 yilda yangi shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, klub 35 yoshli himoyachi uchun munosib va jiddiy taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor.
Gollandiyalik himoyachiga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. “Milan”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Van Deykni transferdagi ustuvor maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda. Shuningdek, Turkiyaning “Galatasaroy” va “Fenerbaxche” klublari, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi jamoalari hamda MLS klublari ham futbolchiga qiziqish bildirgan.
Shu bilan birga, “Liverpul” sardori bilan shunchaki xayrlashish niyatida emasligi ta’kidlanmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola ham uning ketishini talab qilmayapti. Van Deykning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror faqat klubni to‘liq qoniqtiradigan jiddiy transfer taklifi kelib tushgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin.
Live
Barchasi