Jasliqda 5 ming nafar diniy ekstremist saqlanayotgani rostmi?

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘iroq tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlari inson huquqlariga qarshi bo‘lgan qamoqxona sifatida baholanib kelinardi. O‘tgan asr oxirida, 16 fevral voqealaridan keyin tashkil topgan bu qamoqxonada asosan diniy ekstremizm bilan ayblangan mahbuslar saqlanishi, ular soni esa 10 mingdan oshib ketgani haqidagi gaplar sizning ham qulog‘ingizga chalingan bo‘lishi kerak. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 avgust kuni imzolagan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan ushbu qamoqxona tugatilishi belgilandi. Xo‘sh, unda qancha mahbus bor edi. Aytilganidek, 10 ming kishimi? Ularning taqdiri nima bo‘ladi. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri aniqlik kiritdi.


“Men birinchi marta raqamlarni aytmoqchiman. Jasliq koloniyasida 10 minggacha mahkum, 5 mingta diniy ekstremistik jinoyatlarni sodir etgani uchun saqlanadi degan mish-mishlar juda ko‘p uchragan. Men shuni ochiq aytmoqchiman, bugungi kunda bu muassasaning limiti 1100 o‘rin. Hozirgi kunda 395 nafar mahkum saqlanyapti. Shularning atigi 10 foizi diniy ekstremistik jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslardir”, deydi Po‘lat Bobojonov. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga ko‘ra, 19-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar bir oy muddatda sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jasliq koloniyasi

Baholaganlar

337

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing