Jasliqdagi qamoqxonaning yopilishiga qarshilar bor!
Jamiyat
−
06 avgust 2019
20374Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘iroq tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi ham uzoq kutilgan, ham kutilmagan voqea bo‘ldi. Uzoq kutilganiki, bu koloniya xalqaro hamjamiyatda doimiy ravishda tanqid qilinar, unda mahbuslar qiynoqlarga solinishi og‘izda yurardi. Xalq orasida “borsa kelmas” deb nom olgan bu koloniyani yopish nega kerak bo‘lib qoldi? Islohotlar zamirida mahbuslarga sharoit yaratish, inson huquqlarini tiklash yotibdimi yoki shunchaki O‘zbekistonning dunyodagi imijini tiklash, tavqi la’natdan qutulish? Kecha, 5 avgust kuni Milliy matbuot markazida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Odilovga shu savol bilan murojaat qilganlar.
“Jasliqni yopish masalasi anchadan buyon ko‘tarilayotgan edi. Maqsad — jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar oila a’zolariga yengillik yaratish”, deydi Odilov.
Unga ko‘ra, Jasliqning yopilishiga asosiy sabab, uning yomonotliqligi emas, balki mahbuslarni ko‘rgani kelayotgan yaqinlarining uzoq masofani bosib o‘tayotganida. Shuning uchun Jasliqdagi mahbuslar o‘z uylari va qarindoshlariga yaqin bo‘lgan hududlardagi qamoqxonalarga ko‘chiriladi.
Odilovning qayd etishicha, Jasliqdagi koloniyani yopish yuzasidan bildirilgan tashabbusga qarshi chiqqanlar, bunday tartibdagi qamoqxona bo‘lishi kerakligini talab qilganlar ham bo‘lgan.
“Ochig‘ini aytganda, Jasliq koloniyasini yopishga qarshilik qilganlar ham bo‘ldi. Kerak, bunday zona, degan gaplar bo‘ldi. Ammo Davlatimiz rahbari hech narsaga qaramasdan yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deydi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.
LiveBarchasi