Muzlar erimoqda. Turkiya va Armaniston aloqalarni yaxshilash bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi

Olam

image

Birinchi Jahon urishi davrida Usmonli Turklar va arman millati vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar ortidan uzilgan aloqalar tiklanmoqda. Turkiya va Armaniston tomoni muzokaralarni boshladi. Kecha, 14 yanvar kuni Moskvada ikki davlat maxsus vakillarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya vakili Serdar Kilich va Armaniston vakili Ruben Rubinyan ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv pozitiv va konstruktiv ruhda o‘tgani aytilmoqda. 

“Turkiya va Armanistonning maxsus vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda hech qanday shartlarsiz munosabatlarni to‘liq normallashtirish va muloqotni davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining bayonotida. 

2020 yil Qorabog‘ mojarolarida Turkiya Ozarbayjonning tarafini olib chiqqani ortidan, arman-turkiya munosabatlari yanada yomonlashgan edi. O‘shanda Armaniston Turkiyaga norozilik sifada mamlakatga olib kiriladigan turk tovarlari importiga cheklov joriy qilgan.

Ammo Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li 2021 yil 13 dekabr kuni parlamentda qilgan nutqida Turkiya-Armaniston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani haqida ma’lum qilgan. 

Moskvadagi muzokaralarning ilk natijasi o‘laroq joriy yilning 2 fevralidan boshlab, Istanbul va Yerevan o‘rtasida aviaqatnovlar tiklanayotgani e’lon qilingan.

Muzokaralarning ikkinchi bosqichi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida yaqin kunlarda xabar berilishi bildirildi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing