Mujibillo Tursunov kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi

Sport

image

Toshkent shahrida professional boks oqshomi davom etmoqda. Shou doirasida o‘zbekistonlik bokschi Mujibillo Tursunov xitoylik Yangcheng Jinga qarshi ringga ko‘tarildi. 

8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Mujibillo Tursunov g‘alaba qozondi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, 80:72, 80:72, 80:72 hisobi bilan Tursunov o‘ziga tegishli WBC Central Asia kamarini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -57,1 kg vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Yegorovga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalokov ham texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘lgan edi. Undan so‘ng esa Tanzaniya vakili Maono Alliga qarshi ringga ko‘tarilgan Qudratillo Abduqahhorov ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Shuningdek, Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik Runki Jou bilan kuch sinashib to‘liq, 8 raundlik jangni o‘z foydasiga hal qildi


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mujibillo Tursunov Yangcheng Jin Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing