Muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tdi – “Politico”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda demokrat gubernatorlar bilan yopiq uchrashuvda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp bilan teledebatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tganini aytdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Bayden o‘tgan hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan. Bu hech qanday jiddiy tekshiruvlarni o‘z ichiga olmagan qisqa tibbiy ko‘rik bo‘lgan.

Davlat rahbarining ish jadvali bilan tanish bo‘lgan manbaning ta’kidlashicha, Bayden ehtimol shamollash alomatlari tufayli o‘tkazilgan qisqa tibbiy ko‘rikni nazarda tutgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tekshiruv jiddiy tekshiruvlarni o‘z ichiga olmagan.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tramp Respublikachilar partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan delegatlar ovozini to‘plagan. Ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan Bayden Demokratik partiyadan yetarli miqdordagi delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Nomzodlar yoz oxirida bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoylarida tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni AQSHda prezidentlik saylovlari oldidan ilk teledebat bo‘lib o‘tgandi. Debatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishdan so‘ng “The New York Times” gazetasi tahririyati AQSH Prezidenti Jo Baydenni saylovoldi poygadagi keyingi ishtirokidan voz kechishga va “baquvvatroq” demokrat nomzodga o‘z o‘rnini berishga chaqirdi. Biroq Baydenning oila a’zolari unga prezidentlik poygasida kurashni davom ettirish borasida maslahatlar berdi.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

debat Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing