“Mutlaqo uydirma”. Infantino Trampdan yordam so‘raganini rad etdi
Sport
−
14:55 672 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino AQSH Prezidenti Donald Trampning ma’muriyati bilan aloqalari mavjudligi haqidagi xabarlarni rasman inkor etdi. Bu haqda u “Reuters”ga bergan bayonotida ma’lum qildi.
Avvalroq, Infantino navbatdagi FIFA prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun Donald Tramp ma’muriyatining qo‘llab-quvvatlovini olishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Keyinchalik AQSH Davlat kotibi yordamchisi Dilan Jonson ham ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.
“FIFA prezidenti AQSH Prezidenti yoki uning ma’muriyatining biror a’zosiga qo‘ng‘iroq qilmagan. Bu mutlaqo uydirma”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016 yil fevral oyidan buyon FIFA prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Janni Infantinoning Jahon chempionatining tijorat aktivlarini xususiy investorga sotish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, unga nisbatan norozilik yanada kuchaydi.
FIFA Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarini boshqaruvchi tashkilotning taxminan 20 foiz ulushini sotish orqali xususiy investorlardan 4,2 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan edi. Biroq, futbol konfederatsiyalari va boshqa manfaatdor tomonlarning keskin qarshiligi tufayli ushbu tashabbus amalga oshmay qoldi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28