Mutlaqo adolatli bo‘ladi – Lukashenko Belarusda prezidentlik saylovini halol o‘tkazishga va’da berdi

Olam

image
“Niqobingizni yeching”. Lukashenko tibbiy niqob taqib yurgan fuqarolarni tanqid qildi north_east

“Niqobingizni yeching”. Lukashenko tibbiy niqob taqib yurgan fuqarolarni tanqid qildi

Belarus Respublikasida bo‘lajak prezidentlik saylovlari mutlaqo halol va adolatli ravishda o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

“Sizga kafolat beramanki, kelgusi saylovlar bizning mamlakatimizda mutlaqo halol va adolatli ravishda o‘tadi“, deydi 26 yildan beri mamlakatni boshqarayotgan prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus hukumati fuqarolarga “mamlakat qanday rivojlanayotgani va qanday rivojlanayotgani to‘g‘risida“ halol va munosib ravishda xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, Belarusda prezidentlik kampaniyasi aslida 2018 yilda boshlangan. Hozirgacha Belorus Markaziy saylov komissiyasi asosiy ovoz berish kuni sanasini e’lon qilmadi. Mutaxassislarning fikricha, saylovlar avgust oyining oxirida, Lukashenkoning tug‘ilgan kuniga yaqin o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 1994 yildan beri besh marotaba prezidentlikka saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Belorus' Prezidentlik saylovi

Baholaganlar

87

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing