Dodon va Sandu Moldova Prezidentligi uchun kurashadigan bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 2 noyabr kuni Moldovada Prezident saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi birinchi bosqichning natijalarini e’lon qildi. 

Saylov byulletenlarining 99,95 foizi hisoblab chiqildi. Saylov uchastkalari yopilgandan so‘ng, okrug saylov kengashlari 48 soat ichida Markaziy saylov komissiyasiga ovozlarni hisoblash protokolini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyingina ovoz berishning yakuniy natijalari e’lon qilinishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda Moldova Prezidentligi uchun ikki nomzod kurash olib boradi. Ular "Harakat va birdamlik" muxolifat partiyasining yetakchisi Mayya Sandu va mustaqil nomzod, Moldovaning amaldagi Prezidenti Igor Dodon. Ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, Mayya Sandu 36,15 foiz, Igor Dodon esa 32,62 foiz ovoz oldi.

“Saylovlar erkin, jiddiy qonunbuzarliklarsiz o‘tkazildi. Endi saylov organlarining vazifasi – saylov byurosidan tortib, Markaziy saylov komissiyasigacha – aniqlangan qonunbuzarliklarni tizimlashtirish, ularni tahlil qilish va kelajakda ularning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishdir”, dedi Moldova Markaziy saylov komissiyasi raisi Dorin Chimil.

Moldovadagi Prezidentlik saylovlarida 1,2 milliondan ortiq saylovchi ovoz berdi. Ularning 150 ming nafari chet elda ovoz bergan Moldova fuqarolari hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarning ikkinchi bosqichi joriy yilning 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Prezidentlik saylovi

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing