Mutaxassis sut haqidagi afsonalarga aniqlik kiritdi
Foydali
−
10 iyul 2021
9892Shifokor-diyetolog Aleksandr Andreyev “Doktor Piter” portaliga bergan intervyusida sutning foydasi va zarari haqidagi afsonalarga aniqlik kiritdi.
Mutaxassisning aytishicha, kunlik kalsiy miqdorini bir stakan sut bilan to‘ldirish mumkin emas. Uning tarkibida kun davomida zarur bo‘lgan kalsiyning atigi 34 foizi va kunlik oqsil ehtiyojining 14 foizi mavjud.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, pasterizatsiyalangan sut zararli emas, ammo uning yaroqlilik muddati atigi bir hafta. Diyetolog agar xavfsizligiga ishonch bo‘lmasa, pasterizatsiyalanmagan sutni iste’mol qilishdan bosh tortishni tavsiya qilgan. Shuningdek, shifokor bunday sutni ishlatishdan oldin qaynatishni maslahat bergan.
“Sutning sifati faqat sigir qanday ozuqa iste’mol qilganiga bog‘liq. Agar u yaxshi bo‘lsa, unda sut yuqori sifatli bo‘ladi. U yog‘li, vitaminlar va minerallarga boy bo‘ladi”, deya tushuntirgan Andreyev.
U sigir sutini kokos, soya, bodom suti bilan almashtirish mumkinligini ta’kidlagan. Ma’lum qilinishicha, bu kabi sut tanaga zarar yetkazmaydi, ammo unda hayvon sutida mavjud bo‘lgan aminokislotalar yetishmaydi.
Shifokor so‘zi oxirida sut har qanday yoshda foydali ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga sotib olingan sutni bermaslikni tavsiya qilgan.
LiveBarchasi