O‘zbekistonlik olimlar koronavirusning oldini oladigan sut yaratdi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda olimlar sigir va echkilarni koronavirusga qarshi emlash orqali SARS-CoV-2 ga antitanachalari bo‘lgan sut olishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqotchilar bunday sut ichish aholini COVID-19 dan qisman bo‘lsa ham himoya qiladi, deb umid qilmoqda. Bu haqda “bioRxiv”da ma’lumot berilgan.  

Tadqiqotchilar ona sutida COVID-19 ga qarshi emlangan yoki undan tuzalgan ayollarda SARS-CoV-2 ga antitanacha borligini payqagan va COVID-19 ga qarshi emlangan sigir va echki sutidan aholini immunizatsiya qilish uchun foydalanish mumkinligini taklif qilgan. 

Mualliflar uy echkilari va sigirlarini odamlarga mo‘ljallangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan uch marta emlagan. Neytrallashtiruvchi antitanachalar birinchi emlashdan ikki hafta o‘tgach aniqlangan. Tajribalar shuni ko‘rsatganki, antitanachalar SARS-CoV-2 ni muvaffaqiyatli zararsizlantiradi — qon zardobida samaradorlik 100 foizga, sutda 40 foizga yetgan. 

“Eksperimental sinovlarning birinchi natijalari shuni ko‘rsatdiki, inson uchun mo‘ljallangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi SARS-CoV-2 ga qarshi o‘ziga xos neytrallashtiruvchi antitanachalarni o‘z ichiga olgan immunobiologik faol sut va zardobni olish uchun uy xo‘jalik hayvonlarini emlashda xavfsiz ishlatilishi mumkin”, degan mualliflar. 

Ular shu tarzda ishlab chiqarilgan sutni aholini ommaviy passiv immunizatsiya qilish uchun ishlatish mumkinligiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, pasterizatsiyadan keyin antitanachalar saqlanib qoladi, bu esa sutni katta hajmda tayyorlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

sut koronavirus

Baholaganlar

144

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing