Teri holatiga qanday mahsulotlar aks ta’sir ko‘rsatadi? 

Salomatlik

image

Sut mahsulotlari terisida muammo mavjud bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi. Nutritsiolog Kristina Juravleva terining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarning asosiy toifalarini sanab o‘tdi. 

Mutaxassis so‘zini shakar va shirinliklardan boshlagan. 

“Ular insulin va qonda shakar miqdorining ortishiga olib keladi, bu yallig‘lanishni keltirib chiqaradi”, degan Juravleva. 

U so‘zini sut mahsulotlari bilan davom ettirgan. 

“Laktoza — sut va nordon sut mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan va disaxaridlar guruhiga kiruvchi sut shakaridir. Aynan u sutga shirin ta’m beradi. Laktoza teri muammolari, kandidoz va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradigan floramizni “oziqlantiradi”, deb ogohlantirgan mutaxassis. 

Unga ko‘ra, sut tarkibida insulinga o‘xshash o‘sish omili mavjud bo‘lib, bu testosteronning ko‘payishiga olib keladi, u esa insulinning ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda teri va soch bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan digidrotestosteron miqdori oshadi. 

“Shuning uchun, kandidoz, atopik dermatit va polikistik tuxumdon sindromi kabi muammolari mavjud odamlar sut mahsulotlarini iste’mol qilmasligi kerak, ularni har qanday teri muammosi bo‘lganlar ham istisno qilishi kerak”, deb xulosa qilgan Juravleva.


Maqola muallifi

Teglar

sut shirinlik teri

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing