Mutaxassis qaysi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘proq zaharlanish keltirib chiqarishini aytdi 

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Tibbiyot fanlari nomzodi, gastroenterolog Marat Zinnatullin qaysi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘pincha zaharlanish keltirib chiqarishi haqida ma’lumot berdi.  

Uning ta’kidlashicha, yaroqlilik muddati o‘tgan har qanday oziq-ovqat yoki ichimlik zaharlanishga olib keladi, ammo bu borada muammo ko‘p hollarda sut mahsulotlari sababli paydo bo‘ladi. 

Unga ko‘ra, bunday mahsulotlarni saqlashda, xususan, harorat rejimiga rioya qilishdagi xatolar bakteriyalar rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi. 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir kishi zaharlansa, bunga mahsulotning buzilganligi sabab bo‘lishi mumkin, ammo bir nechta odam yegan narsasi tufayli sog‘lig‘ida muammoga duch kelsa, bu vaziyatning jiddiyligidan darak beradi. 

Zinnatullin, shuningdek, alkogolli ichimliklar ichimlik sifatidan qat’i nazar, zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin degan xulosaga kelgan, chunki bu masalada iste’mol qilingan spirtning konsentratsiyasi va miqdori muhim rol o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' zaharlanish sut

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing