Mutaxassis pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi

Olam

image

Virusolog, Qrim federal universiteti Taurida akademiyasining biokimyo kafedrasi dotsenti Vladimir Oberemok koronavirus pandemiyasi 2022 yilda tugashini prognoz qilgan. 

Oberemokning taxminiga ko‘ra, 2021 yilning yoziga qadar shimoliy yarimsharda koronavirusga qarshi kollektiv immunitet shakllanadi. Shuningdek, yozda kasallik kamayadi va kuzda yana ko‘tarilish bo‘ladi, ammo 2020 yildagidek kasallar ko‘p bo‘lmaydi, degan virusolog. 

"O‘sha vaqtda koronavirusga chalinmaganlarning hammasi infeksiya bilan zararlanadi. Mening fikrimcha, 2022 yilning qish-bahorida pandemiya amalda tugaydi. Odamlar 2019 yildagidek yashashini tasdiqlamayman. Dunyo har qanday holatda ham qandaydir ma’noda o‘zgaradi, ammo u vaqtga borib xavfsizlik va mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar ochilishi kuzatiladi", deya xulosa qilgan ekspert.

Ma’lumot uchun, ayni paytgacha dunyoda koronavirusga chalinganlar 78 mlndan oshgan. 55 mlndan ko‘p bemor sog‘aygan. 1,7 mln bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya dunyo

Baholaganlar

1214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing