Mustaqillikning 30 yilligi: Qozog‘istonda bir qator mahkumlar ozodlikka chiqariladi 

Olam

image

Qozog‘iston Majilisi (parlamentning quyi palatasi) bugun, 3 noyabr kuni “Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi, unda bir qator mahkumlarni jinoyat sodir etganlik uchun jazoni o‘tashdan ozod etish nazarda tutilgan.  

“Qonun loyihasining maqsadi kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar uchun mahkumlarni jazoni o‘tashdan ozod qilish, shuningdek ayrim og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jazoning o‘talmagan muddatlarini qisqartirishdan iborat. Amnistiya faxriylar, voyaga yetmaganlar, keksa fuqarolar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari hamda fuqarolar va davlat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirmaydigan boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi”, degan Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev. 

Uning qayd etishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2236 nafar mahkum va probatsiya xizmatida ro‘yxatga olingan 11310 nafar shaxs amnistiyaga tushadi. 

“Birinchidan, mingga yaqin fuqaro ozodlikka chiqariladi, 3,8 ming nafar shaxs probatsiya xizmatining ro‘yxatidan chiqariladi. Ikkinchidan, jazoning o‘talmagan muddatini qisqartirish 1294 nafar mahkum va probatsiya xizmatida ro‘yxatda turgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Uchinchidan, sudgacha bo‘lgan 5 mingta jinoyat ishi qisqartiriladi. Ulardan 1674 nafardan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi, 1471 nafar shaxsga nisbatan jazo muddatini qisqartirish yoki ozodlikdan mahrum qilish qoidalari qo‘llaniladi”, deya tushuntirgan vazir. 

Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi Majilis tomonidan ma’qullanganidan keyin Senatga (parlamentning yuqori palatasi) ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston amnistiya

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing