Mustafo Shentop Norboyevani Turkiyaga taklif etdi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
2995Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Baku shahrida Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining (TurkPA) to‘qqizinchi yalpi majlisida ishtirok etdi.
Kecha, 19 dekabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida rivojlanib borayotgan parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari haqida fikr almashilgan.
Mustafa Shentop O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga yuqori baho bergan va bo‘lajak parlament saylovi ochiq, oshkora, xalqaro saylov standartlariga muvofiq o‘tishiga ishonch bildirgan.
Turkiya tomoni O‘zbekistonni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yirik kompaniyalar mutaxassislari hamda vakillarini jalb qilishga tayyorligini bildirgan.
Shuningdek, tomonlar turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolangan ikki tomonlama kelishuvlarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisiga Turkiyaga tashrif buyurish taklifini bildirdi.
LiveBarchasi