Musayev Hukumatni qo‘rquvga solayotgan hududlar nomini ochiqladi

Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq mavjud vaziyat qanday? Ushbu savolga Bosh vazir o‘rinbosari Bekzod Musayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida javob berdi. 

Bosh vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, ayni vaqtda mamlakat Hukumatini qo‘rquvga solayotgan hudud Surxondaryo viloyati va vodiy bo‘lib turibdi. Bu haqda gapirarkan, Musayev shunday deydi: 

“Surxondaryo viloyati Afg‘oniston bilan chegarada joylashgani bilan bir qatorda bu yerda juda ko‘p chet davlatdan kelayotgan avtomobillardan virus aniqlanib, ular xalq orasida tarqalib ketmoqda. Andijon viloyatida ham xavotirimiz ko‘p. Umuman olganda, vodiyda aholi zich joylashgan uchta viloyatimiz bo‘lgani uchun u yerlarda qattiq ehtiyotkorlik bilan masalaga e’tibor berish kerak”, deydi Musayev.

25 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar Surxondaryo viloyatida 427, Andijon viloyatida 904, Namangan viloyatida 653 va Farg‘ona viloyatida 198 kishini tashkil etayotgan edi. 

Bugun, 26 iyul kuni Andijon viloyatida 16 ta, Surxondaryo viloyatida 25 ta yangi holat aniqlandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing