Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda
Jamiyat
−
30 iyul 2020
17448Qoraqalpog‘iston Respulikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir. U sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Bemor hozirda respirator terapiya olmoqda – u o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Musa Yerniyazovni davolash uchun boshqa davlatga olib ketish haqida hech qanday gap bo‘lgani yo‘q”, dedi Alimov.
Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolmanmoqda. Uni davolashda germaniya va turkiyalik mutaxassislar bilan maslahatlashilyapti.
“Musa Tajetdinovich kasallikning birinchi kunidan boshlab Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining Nukus filialida davolanyapti. U yerda Toshkentdan ikki shifokor va mahalliy, Nukusdagi shifokorlar ishlayapti, mana, Anvar Valiyevich borib keldilar, o‘tgan safar birga borib kelgandik.
O‘zbekistonga germaniyalik va turkiyalik mutaxassislar kelganda Toshkent shahridan turib videokonferensaloqa orqali Buxoro, Xorazm va Nukus bilan aloqa o‘rnatib, u yerdagi bemorlarning ahvoli bo‘yicha maslahatlashdik. Shuningdek, Musa Yerniyazovning holati bo‘yicha ham maslahatlashildi va davolash rejasiga ko‘rsatmalar berildi”, dedi Oqilov.
Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalingani 18 iyulda ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi