Musa og‘aga juda ishonardim – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov 73 yoshida vafot etdi.

Musa Tajetdinovich bugun, 1 avgust kuni Nukus shahridagi “Shorsha baba” qabristoniga dafn etildi. O‘zbekison Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham uning qabrini ziyorat qildi va uni xotirladi.

“Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingan 18 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. Marhumning o‘limidan bir kun avval SSV rasmiylari senator og‘ir ahvolda ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

567

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing