Murdasi chamadondan chiqqan erkak nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Ayblanuvchi shifokor bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Qibray tumanida sayyohlik chamadonidan muqaddam Oliy sudda ishlagan erkakning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.

Tergov davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlangan va ishga ayblanuvchi sifatida jalb qilingan. Gumonlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining travmatologiya bo‘lim boshlig‘i G‘.K. edi. Bu haqda MY5 telekanali efirida ma’lumot berildi.

Qotillik 7 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi Sh.A. ayblanuvchining ish joyiga borgan. Shifokor qabuliga Sh.A. kelganidan foydalanib, uni bo‘sh xonaga olib kirgan. Orada shaxsiy adovat sabab ikki erkak kelisholmay qolgan. So‘ng ayblanuvchi jabrlanuvchining boshiga qattiq jism bilan urgan va joni uzilguncha bo‘g‘gan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, shifokor qabuliga kelgan erkakning sog‘lig‘iga zid dorilar bilan yordam ko‘rsatgan.

Murdani yo‘qotish uchun tanishi A.ga qo‘ng‘iroq qilib, uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga chaqirgan. U bilan murdani Gentra rusumli avtomobil yukxonasiga joylab, Qibray tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanaliga tashlab yuborgan.

Qotilikkacha yetib kelgan adovatning asosiy sababi travmatolog jabrlanuvchi Sh.A.ning sha’riy nikohida bo‘lgan ikkinchi xotinini yaxshi ko‘rgan. Erkaklar o‘rtasidagi adovatga rashk sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Marhumning xotini ham Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ishlagan.

Ayblanuvchi marhumning pasportini yoqib, avtomobilning tegishli hujjatlari va haydovchilik guvohnomasini qaychi yordamida kesib, suvga oqizib yuborgan. Ayblanuvchi 660 ming so‘m va 230 AQSH dollarini olib voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov davomida shifokor va uning sherigiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilingan.

Ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

3359

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing