Mundialning ikkinchi kunidan so‘ng nimalar aniq bo‘ldi?

Sport

image

2022 yilgi Jahon chempionatining  "A" va "B" guruhlarida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.  Ilk turdan so‘ng ikki guruhda qaysi termalar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishini taxmin qilish qiyin emas.

"A" guruhi

Ekvador va Niderlandiya o‘z uchrashuvlarida bir xil hisobda (2:0) g‘alabaga erishib, guruhda aslida kimning imkoniyati yuqoriroq ekanligini isbotlashdi. Nimchorak finalga chiqish uchun Ekvador va Niderlandiyaga yana bitta g‘alaba kerak bo‘ladi. Shuningdek, Niderlandiya guruhda yaqqol autsayderga aylangan Qatar terma jamoasi bilan o‘ynaydi. 

JCH-2022 mezbonlari, ilk turdan so‘ng ushbu mundialdagi eng kuchsiz jamoaga chiqarildi. Katta ehtimol bilan gollandlar Qatardan ustun kelib, 1/8 finalga chiqadigan jamoalar orasida bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ekvador esa 1-turda g‘alaba qozonganiga qaramay, qolgan ikki turda katta qiyinchlikka uchraydi. Jamoaga keyingi turlarda Senegal va Niderlandiya raqiblik qiladi.

"A" guruhida ikkinchi yo‘llanma uchun Senegal va Ekvador kurashishi kutilmoqda, Qatar esa deyarli o‘yindan chiqdi.

2-turda (25 noyabr) Niderlandiya – Ekvador va Qatar – Senegal to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tadi.

"B" guruhi

Angliya terma jamoasi juda kuchli tarkibga ega. Sautgeyt shogirdlari guruhda birinchi o‘rinni egallashi ehtimoli katta. 

Ikkinchi yo‘llanmaga kelsak, kimda ko‘proq imkoniyat borligi hozircha noma’lum. Ilk turdan so‘ng bittadan ochko jamg‘argan AQSH va Uels terma jamoalaridan aynan birini 2-o‘rin uchun asosiy da’vogar deyish qiyin. Angliyadan 6 ta gol qabul qilib olgan Serdar Azmun boshchiligidagi Eron ham hali "syurpriz" ko‘rsatishi ehtimoli bor.

2-turda (25 noyabr): Uels – Eron va Angliya – AQSH terma jamoalari to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

JCh-2022 Qatar2022

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing