Mundial uchun bir qadam

Sport

image

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Bugun, 11 mart kuni chempionatning chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi mazkur bosqichda avstraliyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. Chorak finallarda g‘alaba qozongan jamoalar joriy yilda Indoneziya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

Avstraliyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston vakillari to‘liq oq libosda, darvozabon esa sariq rangli libosda maydonga tushadi.

O‘zbekiston-Avstraliya to‘qnashuvi 19:00 da poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-20 Osiyo chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing