Mumbayda Afg‘oniston konsulligi ochildi

Olam

image

Hindistonning Mumbay shahrida Afg‘onistonning “Tolibon” muvaqqat hukumati konsulligi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Bakhtar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, vaqtinchalik konsul vazifasiga tajribali diplomat Hafiz Ikromiddin Komil tayinlagan. U xalqaro huquq sohasida falsafa fanlari doktori darajasiga ega bo‘lib, avvalroq Tashqi ishlar vazirligining xavfsizlik va chegara masalalari bo‘yicha hamkorlik departamentida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Komil ayni paytda Mumbayda bo‘lib, “Tolibon”  vakili sifatida o‘z diplomatik vazifalarini bajarmoqda.

Bildirilishicha, ushbu konsulxona joriy yil 11 noyabrdan boshlab vizalarni rasmiylashtirish va Afg‘oniston fuqarolariga pasport berish kabi xizmatlar ko‘rsatishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlangan avvalgi tuzumni qulatib, hukumat tepasiga kelgandan buyon dunyo bo‘ylab 39 ta afg‘on elchixonalari va konsulliklarini o‘z nazoratiga olgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Mumbay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing