Muxtorxon Toshxo‘jayev Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti etib saylandi
Sport
−
30 noyabr 2021
2494Bugun, 30 noyabr kuni onlayn tarzda Osiyo paralimpiya qo‘mitasining (APC) Bosh assambleyasi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev delegatsiya a’zolari tomonidan bir ovozdan Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. APC prezidenti Majid Rashid boshchiligidagi Assambleya ertaga 1 dekabr kuni o‘z yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo paralimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasida sariq qit’aning 45 mamlakatidan Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023