Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga keladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 29 sentyabr kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) prezidenti Endryu Parsons O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2017 yildan beri XPQ prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan braziliyalik Parsons tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlar, sport va madaniyat majmualari, mehmonxonalar hamda infratuzilmalar bilan yaqindan tanishadi.

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti ishtirokida konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Tashrif davomida Endryu Parsons, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirokida XPQ va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari borasida rasmiy uchrashuv o‘tkaziladi hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Parsonsning tashrifi joriy yilning 3 oktyabr kuniga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya qo'mitasi Muxtorxon Toshxo'jaev Endr'yu Parsons XPQ

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing