Bochcha sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Sport
−
27 noyabr 2021
4034Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent shahrida parasport festivali doirasida o‘tkazilgan bochcha sport turi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada jami 30 nafarga yaqin para sportchilar ishtirok etdi.
Turnir yangi rivojlanayotgan bochcha sporti bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati sifatida tarixga kirdi.
BC 1 (erkaklar)
1.Husan Rasulov
2.Hasan Toshpo‘latov
3.Og‘abek Egamberdiyev
BC 1 (ayollar)
1.Munira Abdullayeva
2.Saodat Sultonova
3.Dilafruz Ergashboyeva
BC 2 (erkaklar)
1.Nizom Hayriddinov
2.Jasur Xodjayev
3.Anton Nedvig
BC 2 (ayollar)
1.Tursunoy Bebitova
2.Rayhona Toshmatova
3.Dinnura Abdukabirova
Musobaqaning taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirok etdi va barcha sportchilarni samimiy tabriklab, ularni kelajakda nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga chorladi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston ochiq chempionati kelajakda bochcha sport turi bo‘yicha terma jamoaga a’zo va nomzod sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, bochcha aniqlikka asoslangan qadimiy sport turlaridan biri hisoblansa-da, dastlabki Jahon chempionati 1975 yilga kelibgina o‘tkazilgan. 1984 yilda esa Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Ushbu sport turida har bir ishtirokchiga 4 tadan koptokcha beriladi va maxsus joylashtirilgan “pallino”ga qarata uloqtiriladi. Eng yaxshi natija qayd etgan sportchi g‘olib bo‘ladi.
LiveBarchasi