Muxolifat Belarusni bosib olib, NATO qo‘shinini kiritmoqchi – Lukashenko

Olam

image

Xorijga qochib ketgan muxolifatchilar Belarusning Kobrin viloyatini bosib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Kobrin zabt etilganidan so‘ng, "xoin"lar qo‘shin yuborish uchun NATOga murojaat qilmoqchi. Janubdagi Brest viloyatining Kobrin tumani Ukrainaning Volin viloyati bilan chegaradoshligi esa ayni muddao bo‘ladi.

“Ular bejizga Kobrin tumanini tanlamagan. Mana marhamat Kobrinni egallang, hokimiyatni e’lon qiling, NATO bilan bog‘lanib, qo‘shin kiriting”, degan Lukashenko Butun Belarus xalqi assambleyasida.

U muxolifatga yuzlanib, "faqat qochoqlar Belarusda qarindoshlari yashayotganini unutmasliklari kerakligi"ni aytgan.

Avvalroq, Belarus Davlat xavfsizlik xizmati (KGB) rahbari mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan muxolifatni Belarus atom elektr stansiyasiga (BelAES) va respublikaning muhim infratuzilmasiga kiberhujumlar uyushtirishda aybladi. Bundan tashqari, KGB amaldori ayni paytda Polsha Belarus ozodlik armiyasini yaratish ustida ishlayotganini ham ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Aleksandr Lukashenko mamlakat urushga tayyorlanayotgani haqida so‘z ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing