Muxlislar JCHga borishda muammolarga duch kelishi mumkin

Sport

image

Buyuk Britaniya va Yevropadan boradigan futbol muxlislari 2026 yilgi Jahon chempionatida AQSHga kirishda muammolarga duch kelishi mumkin. “Global Work & Travel” kompaniyasi vakili Jessi Chambersning aytishicha, eski tvitlar, mayda jinoyat yozuvlari yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan ESTA (sayohatga ruxsatnoma) arizalari sayohatchilarning kirishini rad etishga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Thye Sun” nashri xabar berdi.

2026 yildan boshlab AQSH chegara agentlari vizaga ariza berganlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tekshirishi mumkin. Chambersning ogohlantirishicha, haqoratli postlar, siyosiy kontent yoki xavfsizlik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq hazillar “qizil bayroq” hisoblanadi. Hatto kichik qoidabuzarliklar, masalan, haydash taqiqlari ham viza bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

“Muxlislarga vizaga tayyorgarlikni xuddi o‘yinga tayyorgarlikdek jiddiy qabul qilish tavsiya etiladi. Qanchalik erta boshlansa, muammolarga duch kelish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. Ko‘pchilik ESTA ruxsatnomasini kafolat deb o‘ylaydi, biroq hatto bitta noto‘g‘ri belgilangan javob ham kirish rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar sayohatchi ilgari hibsga olingan yoki ayblangan bo‘lsa, B-1/B-2 vizalariga erta murojaat qilish tavsiya etiladi”, deydi “Global Work & Travel” kompaniyasi vakili Jessi Chambers.

 Ma’lumot uchun, Tramp ma’muriyati chegara xodimlariga sayohatchilarni so‘roq qilish va rad etish vakolatini kengaytirdi. FIFA esa yaqinda e’lon qilgan bayonotida jahon chempionati mezbonlik qiladigan shaharlar bo‘yicha so‘nggi so‘z AQSH hukumati vakillariga tegishli ekanligini tan oldi. 11 mezbon shahar millionlab xalqaro mehmonlarni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga bir milliondan ortiq chipta sotilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa Buyuk Britaniya JCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing