Mugurusa WTA yakuniy turnirida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 15 noyabr kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida ayollar o‘rtasidagi WTA yakuniy turnirining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda ispaniyalik Garbin Mugurusa estoniyalik Anette Kontaveyt mag‘lubiyatga uchratib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv ikki setda o‘z yakunina yetdi – 6:3, 7:5. E’tiborli tomoni, ikkinchi setda Mugurusa 3:5 hisobida ortda qolayotgan edi.

1 soat 39 daqiqa davom bellashuv “Estadio Akren de Tenis” arenasida o‘tkazildi. Bu vaqt ichida ispaniyalik tennischi ikki marta “eys” zarbasini amalga oshirdi. Annetta uchta “eys”, oltita qo‘sh xato qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Mugurusa faoliyatidagi o‘ninchi titulni qo‘lga kiritdi va ayollar o‘rtasidagi yakuniy turnirda zafar quchgan dastlabki ispaniyalik tennischiga aylandi. Bunga qadar dunyoning sobiq 1-raqamli raketka ustasi Aranta Sanches 1993 yilgi musobaqa finaliga qadar yetib borgan va germaniyalik Shteffi Grafga mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Garbin Mugurusa WTA reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. Anette Kontaveyt esa 7-pog‘onadan joy olgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

WTA Garbin' Mugurusa Anette Kontaveyt

Baholaganlar

2

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing