Mo‘g‘ulistonda avtomobil ko‘lga tushib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 24 fevral kuni soat 14:00 atrofida Mo‘g‘ulistonning Dornod viloyatidagi Buyr ko‘lida ichida 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtomobil cho‘kib ketdi. Bu haqda Mo‘g‘uliston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil muzlagan ko‘l ustidan o‘tayotganida, muz yorilib, transport vositasi uning ichiga tushib ketgan. Oqbatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, ikki kishi esa qutqarib qolingan. 

Rasmiylarning bildirishicha, voqea joyida qutqaruv xizmatlari davom etmoqda, tirik qolgan ikki yo‘lovchi esa shifoxonaga yetkazilgan. 

Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sibir hududidagi Baykal ko‘lida ichida xitoylik sayyohlar bo‘lgan avtobus cho‘kib ketgadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mo'g'uliston Dornod Buyr ko'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing