O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
Olam
−
05 Sentabr 2020
12546O‘zbekiston Tojikistonga suyultirilgan gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Qozog‘iston esa gaz eksportini chekladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti huzuridagi Monopoliyaga qarshi xizmat rahbari Abdulmajid Mo‘minzod ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikistonga yil oxirigacha suyultirilgan gaz eksportini to‘xtatgan. Taxminlarga ko‘ra, O‘zbekiston gaz yetkazib berishni rasmiy Dushanbe ikki o‘rtadagi shartnomani buzib, elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgani sababli cheklab qo‘ygan. Tojikiston Nurek suv omborida suv hajmi kamaygani sababli O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatgandi. O‘zbekiston kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatdan Turkmanistondan elektr energiyasi importi hisobiga chiqib ketdi.
Qozog‘iston esa gaz yetkazib berishni faqatgina sentyabr oyi uchun to‘xtatgan. Abdulmajid Mo‘minzod gaz yetkazib berish qanchaga qisqarganini ochiqlamadi.
Monopoliyaga qarshi idora ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya suyultirilgan gaz eksport qiladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 7 oyida Tojikiston 102 ming dollarga 264 ming tonna suyultirilgan gaz import qilgan. Har bir tonna gaz 435 dollardan baholangan.
Tojikiston import qilgan suyultirilgan gazning 92,3 foizini yoki 244 ming tonnasini Qozog‘istondan olgan.
O‘zbekiston 19,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib bergan. Bu Tojikiston import qilgan jami gazning 7,4 foiziin tashkil qiladi. Rossiya esa Tojikistonga 499 tonna gaz sotgan.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tojikistonga suyultirilgan gaz eksportini cheklashi sababi ochiqlanmagan.
LiveBarchasi