Mudofaa vazirligi leytenanti Chexiyada o‘tgan musobaqada oltin medal sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston

−

visibility12789 timer1 daqiqa

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi leytenant Nadiya Dusanova o‘z xorijdagi musobaqada ikkita – oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Chexiyada o‘tkazilgan “Hvězdy v Nehvizdech” (“Yulduzlar Nexvizdeda”) xalqaro turnirda joriy yil O‘zbekistondan yengil atletika turi bo‘yicha Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova yuqori natijalarni ko‘rsatib, mamlakatga medallar shodasini taqdim etdi. Mazkur xalqaro turnirda dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan 13 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.

1 fevral kuni Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha 183 santimetr ko‘rsatgichga erishib, meksikalik Xumena Esquivel hamda Irlandiyadan kelgan Pippa Rogan ismli sportchilar bilan bir qatorda uchinchi o‘rinni egalladi. Aynan shu kuni leytenant Nadiya Dusanova 192 santimetr natija bilan turnirning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

6 fevral kuni esa Nadiya Dusanova 190 santimetr balandlikka sakrab ushbu turnirda ikkinchi – bronza medaliga ega chiqqan.
 

 


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

15

Reyting

1.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing