Mudhish YTHda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
17 yanvar 2020
6766Rossiyaning Saratov viloyatida 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Qurbonlarning 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi edi.
YTH kecha, 16 yanvar kuni Tatishev tumanidagi R-158 trassasida yuz bergan. Ichida 8 kishi bo‘lgan Hyundai miniveni va “Volga” avtomobillari to‘qnashgan. Natijada mikroavtobusdagi 3 kishi va “Volga” haydovchisi halok bo‘lgan. Qolgan besh kishi turli darajada jarohatlangan.
Hyundai`da ketayotganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasining hududiy bo‘limi hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.
“Bizning fuqarolarga yordam ko‘rsatiladi, hozir hamma ma’lumot aniqlanyapti. Biz qurbon va jabrlanganlarning oilalari bilan bog‘lanyapmiz”, degan konsullik vakili.
LiveBarchasi