Mudhish YTH: Qashqadaryoda Lacetti ko‘prikdan pastga quladi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida katta tezlikda harakatlangan Lacetti qurilish ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan qulab tushdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 2:00 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-95 Koson-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining Koson tumani Ushoqtepa qishlog‘idan o‘tgan 8-kilometrida sodir bo‘lgan.

Lacetti haydovchisi harakatlanib kelayotib Ushoqtepa qishlog‘i hududida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan pastga tushib ketgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing