Muhojirlarga to‘la kemaning cho‘kishi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Tunis qirg‘oqlarida kemaning halokatga uchrashi oqibatida 48 muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Tunis Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

"Ertalab Tunis sohil qo‘riqlash bo‘linmalari qo‘shimcha 13 kishining jasadini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayoldir. Halok bo‘lganlarning umumiy soni 48 kishiga yetdi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Shu bilan birga, Tunisning janubi-sharqiy sohilida cho‘kib ketgan kemada Afrikaning turli mamlakatlaridan kelgan 53 muhojir bo‘lgan.

"Qolgan muhojirlarni qidirish ishlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Dastlabki tergov ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, kema Italiya tomon suzgan, ammo Kernen orollari yaqinida cho‘kib ketgan.

"O‘tgan yili Tunis Yevropaga chiqmoqchi bo‘lgan muhojirlar uchun muhim yangi yo‘nalishga aylandi. Kernen orollari esa noqonuniy kirish punktlaridan biri sifatida tanilgan", deya qo‘shimcha qildi vazirlik.


Maqola muallifi

Teglar

Tunis muhojirlik

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing