Muhim o‘yinlar oldidan “Real” jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
29 aprel 2023
3592“Real Madrid”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich jarohat oldi va u jamoasining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Xorvatiyalik futbolchi jarohat tufayli La Liganing 31-turidan o‘rin olgan “Jirona”ga qarshi o‘yinni (2:4) yakunlay olmadi. Manbaga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan so‘ng Luka oyog‘ining son qismida jarohat aniqlangan.
Modrichning Ispaniya chempionatining navbatdagi ikki o‘yinida “Almeriya” va “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi. Futbolchi ehtimol, “Osasuna” bilan Ispaniya kubogi finali (6 may) va “Manchester Siti” bilan Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali (uydagi o‘yin – 9 may, javob o‘yini – 17 may) bahslarini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Modrich joriy mavsum “Real” safida barcha turnirlarda 44 o‘yinda 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
LiveBarchasi