Modrichning “Milan”dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2018 yilgi “Oltin to‘p” sohibi, olti karra Chempionlar ligasi g‘olibi Luka Modrich Italiyaning “Milan” klubi bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. 40 yoshli Modrich o‘tgan mavsumdan buyon “Milan” safida to‘p surmoqda. U 2012 yilning yozida “Tottenxem”dan “Real Madrid”ga o‘tib, Ispaniya grandi tarkibida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Xorvat yarim himoyachisi klub bilan 6 ta Chempionlar ligasi, 5 ta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 4 ta Ispaniya chempionligi, 2 ta Ispaniya kubogi va 5 ta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. 2018 yilda esa “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi.

Faoliyati davomida u Angliyaning “Tottenxem”, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb”, Bosniya va Gersegovinaning “Zrinski Mostar”, shuningdek, Angliyaning “Milton Keyns Dons” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Xorvatiya terma jamoasi safida Modrich 2018 yilgi Jahon chempionatida kumush, 2022 yilgi mundialda esa bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2026 yilgi Jahon chempionati esa uning faoliyatidagi beshinchi mundial bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing