Luka Modrichning qizi “Real Madrid”ga o‘tdi

Sport

image

Italiyaning “Milan” jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichning qizi Ema futbolchilik faoliyatini “Real Madrid” akademiyasida davom ettiradi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Modrichning oilasi Italiyaga ko‘chib o‘tishidan oldin Ema “Real Madrid” ayollar jamoasiga qo‘shila olmagan. O‘sha vaqtda klub tuzilmasida uning uchun mos yosh toifasi mavjud bo‘lmagan.

Endi Ema Madrid akademiyasida mashg‘ulotlarni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, uning transferidan so‘ng Modrichning oilasi asosan Madridda yashaydi. Ema shu paytgacha “Milan”ning 13 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha “Real Madrid” safida to‘p tepgan. 40 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi hozirda “Milan” sharafini himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing