Muhandis olimlarning maoshi oshirildi

Jamiyat

image

Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksatsiyalandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Bu avgust oyida byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi oshirilganligi bilan bog‘liqdir. Eslatib o‘tamiz, o‘sha paytdagi indeksatsiya 10 foizni tashkil etgan. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlarning maoshi ham shunday tartibda oshirilgan. Bu pulda quyidagicha ifodalanadi.

1 avgustdan bosh muhandisning bazaviy lavozim maoshi 4 029 300 so‘mni, bosh konstruktor va texnologniki – 3 575 550 so‘mni tashkil etadi. Quyi lavozimlardagi mutaxassislarning maoshi mehnat stajiga qarab belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

ish haqi ilmiy-tadqiqot mahandis olim

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing