Muhammad payg‘ambarni haqorat qilish ijod erkinligi emas – Putin

Olam

image

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilish ijod erkinligi hisoblanmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 23 dekabr kuni an’anaviy yillik katta matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Rossiya Prezidentining yillik katta matbuot anjumanida jurnalist ekstremizmni targ‘ib qilish, his-tuyg‘ularni haqorat qilish bilan bog‘liq ma’muriy va jinoiy ishlar ko‘payib borayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan jurnalist kimningdir his-tuyg‘ularini himoya qilish va rassomning o‘zini ifoda etish huquqi o‘rtasidagi chegara qayerda degan savolni Prezidentga berdi.

“O‘lmas polk” saytida Gitler yoki Gimmlerni joylashtirish - bu ijod erkinligimi? Keling masalaning shu tomoni haqida o‘ylab ko‘raylik. <...> Payg‘ambar Muhammadni haqorat qilish - bu nima? Bu ijod erkinligimi? Men o‘ylaymanki, yo‘q. Bu e’tiqod erkinligi va islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas tuyg‘ulariga tajovuz qilish”, deydi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra bu yanada keskin, ekstremistik ko‘rinishlarni keltirib chiqaradi.

“Mana ular Parijga borishdi va butun tahririyatni otib tashlashdi” - degan Rossiya yetakchisi.

"Charlie Hebdo" ishi 

Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta chop etdi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi. 

Gap shundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi. 

Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. 

2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.

"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi. 

Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini so‘z erkinligining ifodasi deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

3376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing