Muhammadjon Valiyev Qonunchilik palatasi komissiyasi raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisligiga deputat Muhammadjon Valiyev saylandi.

Muhammadjon Valiyev 1986 yil 26 mayda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Sankt-Peterburg davlat temir yo‘l universitetini muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U o‘z faoliyatini 2008 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ilmiy tinglovchi sifatida boshladi.

2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi.

2020 yil 9 oktyabrdan boshlab MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasining koordinatori hisoblanadi.

Komissiyaning avvalgi raisi Abdullo Aslonov Sport masalalari vazirining o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing