Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shuhrat Jabborov  Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Abror Akbarov  esa qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Shuningdek, Bobur Hamroyev  Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Ulug‘bek Yunusov  esa agentlik direktori o‘rinbosari etib tayinlangan.   

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, 2021 yilda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qishloq xo'jaligi vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing