Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
03 aprel
8619Bugun, 3 aprel kuni Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kengash vakolatiga qator masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda vakolati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, ayrimlarini vakolati muddatiga qayta tayinlash masalalari ham muhokamaga qo‘yilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilingan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Aliyev Umidjon Hakimovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Obiddinov G‘iyosiddin Nizomiddinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Isomiddinov Xurshidbek Qobilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
- Usanov G‘ayrat Norqo‘ziyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
- Boltayev Muzaffar Ismoilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
- Ayubjonov Nozimjon Muhammadaminovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek:
- Haydarov O‘tkir Muhammadiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilingan;
- Muhammedov Sanjar Haydaraliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- Imomov Ahrorjon Anvarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;
- Omonov Muzaffar Normurodovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirlarida ham Sudyalar oliy kengashida bir qancha tayinlovlar amalga oshirilgan edi.