Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Iskandar Qutbiddinov 1995 yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy, 2017 yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va 2023 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat (sirtqi) bosqichini tamomlagan.

2017 yilda Adliya vazirining katta maslahatchisi bo‘lgan. Shuningdek, 2018−2021 yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021 yildan Prezident Administratsiyasida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazir o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing