Toşkentdagi quriliş maydonida 51 tup daraxt kesib taşlandi
3-sahifa
−
10:36 548 3 daqiqa
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida köp qavatli uylar qurayotgan korxona 51 tup daraxtni ruxsatsiz kesib taşladi. Quriliş maydonida boşqa ekologik qonunbuzarliklar ham aniqlanib, korxonaga 5,1 mlrd sömdan ortiq tölov va zararni qoplaş majburiyati yuklatildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ekopolitsiya xodimlari Jarqörğon köçasida “B..D.” MÇJ tomonidan olib borilayotgan quriliş işlarini örgangan. Tekşiruvda korxona davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan bölsa-da, unda belgilangan talablarning aksariyatiga amal qilmagani aniqlangan.
Xususan, quriliş maydoniga kiriş-çiqiş yöllarida yuk maşinalari ğildiraklarini yuviş uçun blok-postlar taşkil etilmagan. Oqibatda loy va tuproq Jarqörğon köçasining 2–2,5 kilometr qismiga yoyilgan. Qurigan tuproq maşinalar harakati sabab havoga kötarilib, kuçli çang hosil qilgan. Şuningdek, havoni muhofaza qiliş çoralari ham işlab çiqilmagan.
Bundan taşqari, eski binolarni buzişdan hosil bölgan 126 ming 188,9 tonna çiqindi va kotlovan qazişdan çiqqan 368 ming 432 tonna tuproq qayerga olib ketilgani böyiça korxona heç qanday hujjat taqdim etmagan. Ölçovlar davomida hududda 12 ming 36 tonna qattiq maişiy va quriliş çiqindisi belgilanmagan joyga töplab qöyilgani ma’lum bölgan.
Tekşiruvda yana 51 tup daraxt – 50 tup arça va bir tup çinor ruxsatsiz kesilgani aniqlangan. Korxona ularni kesiş uçun ariza bergan, biroq Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi bunga ruxsat bermagan.
Şuningdek, korxona hududning kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş, uglerod neytralligi rejasini işlab çiqiş kabi ekologik ekspertiza talablarini ham bajarmagan. Çiqindilarni olib çiqiş va oqova suvlarni taşiş böyiça şartnomalar ham tuzilmagan.
Aniqlangan qonunbuzarliklar uçun korxonaga atrof-muhitni ifloslantiriş va çiqindilarni noqonuniy joylaştiriş böyiça 5 mlrd 183 mln 364 ming 476 söm kompensatsiya tölovi hisoblangan. Kesilgan daraxtlar uçun esa ösimlik dunyosiga yetkazilgan 396 mln sömlik zararni qoplaş belgilangan.
Bundan taşqari, kesilgan har bir daraxt örniga 100 tupdan, jami 5 100 tup köçat ekiş va ularni uç yil davomida parvarişlaş majburiyati yuklatilgan. Korxona rahbariga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 85-1-moddasi (Quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya etmaslik) 1-qismi bilan 4 mln 400 ming söm jarima solingan.
Ekologiya qömitasi korxonaga çang kötarilişining oldini oliş, çiqindilarni hududdan olib çiqiş va qayta işlaşga topşiriş hamda zarur ekologik hujjatlarni tayyorlaş böyiça körsatmalar bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 586 tup daraxt noqonuniy ravişda ildizi bilan qöporib taşlangani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi