Ekologiya sohasida xalqaro ilmiy hamkorlik kengaymoqda

Biznes

−

image

Özbekiston va Rossiya ilmiy muassasalari örtasida yer degradatsiyasi, çöllanişga qarşi kuraşiş va qurğoqçil hududlarni tiklaş sohalarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi. Bu borada Qalmiq davlat agromelioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelişuv Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi maslahatçisi Alişer Salomov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Rossiyaga taşrifi doirasida amalga oşirildi. Delegatsiya Rossiya Fanlar akademiyasining Agroekologiya federal ilmiy markazi tomonidan taşkil etilgan “Land Restoration and Drought Resilience” xalqaro ilmiy konferensiyasida iştirok etdi.

Taşrif davomida yer degradatsiyasi va çöllanişga qarşi kuraşiş, qurğoqçil hududlarni tiklaş, örmon melioratsiyasi hamda yaylovlardan oqilona foydalaniş böyiça Rossiya tajribasi örganildi. Şuningdek, Orolböyi mintaqasida amalga oşirilayotgan işlar xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

Bundan taşqari, Rossiya vakillari hamda BMTning Çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasi (UNCCD) rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazildi. Unda COP31 doirasida Özbekiston milliy pavilonida maxsus tadbir taşkil etiş, örmon-meliorativ işlar uçun uruğ yetkazib beriş va yoşlar örtasida qöşma ekologik taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Taşrif yakunida Özbekistonda agroekologiyani rivojlantiriş, yer, suv, yaylov, örmon va çorvaçilik sohalarini özaro integratsiyalaş, ilmiy asoslangan ekologik-iqtisodiy baholaş tizimini joriy etiş hamda Orolböyida kompleks pilot loyihani amalga oşiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing