O‘zbekiston Saudiyaga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
26 mart
4195O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Turg‘unov 2021–2024 yillarda Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan. 49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan, xususiy tuzilmalarda tarjimon sifatida, shuningdek, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashida faoliyat yuritgan.
Turg‘unov 2016 yildan beri Tashqi ishlar vazirligi tizimida xizmat qilib, o‘tgan yillar davomida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019–2021 yillarda O‘zbekistonning Oqtov shahrida (Qozog‘iston), 2021–2024 yillarda esa Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh konsul bo‘lgan.
Nodirjon Turg‘unov 2018–2024 yillarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan Ulug‘bek Maqsudov o‘rniga tayinlangan.
LiveBarchasi