MSK: Toqayev g‘alaba qildi!
Olam
−
10 iyun 2019
4013Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kecha, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng yuqori natijani mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qayd etgan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Konstantin Petrov tomonidan ilgari surilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qosim-Jomart Toqayev 70,76% foiz ovoz to‘pladi. Ya’ni, 6 504 054 nafar qozog‘istonliklar unga ovoz bergan.
Amirjan Kosanovga 16,02% yoki umumiy saylovchilardan 1 472 733 kishi;
Daniya Yespayevaga 5,2% yoki umumiy saylovchilardan 470 153 kishi;
Jambil Axmetbekovga 1,82% yoki umumiy saylovchilardan 167 249 kishi;
Toleutay Rahimbekovga 3,2% yoki umumiy saylovchilardan 294 271
Amangeldi Taspixovga 2,07% yoki umumiy saylovchilardan 190 304 kishi;
Sadibek Tugelga 0,92% yoki umumiy saylovchilardan 84 348 kishi ovoz bergan.
Markaziy saylov komissiyasi axborotiga ko‘ra, ovoz berish jarayonlarida 77,4% qozog‘istonlik ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni saylovdagi ishonchli g‘alaba bilan tabriklagan edi.