Toqayev Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qosim-Jomart Toqayev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlar ekan, uning ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

Suhbatda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, tranzit salohiyati va hududlararo hamkorlikdagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan o‘tgan hafta ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishtirokida “Beyneu-Akjigit-O‘zbekiston chegarasi” avtomobil yo‘lining ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida birgalikdagi madaniy-gumanitar tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

6

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing