MSK 5 siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga izn berdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga “Siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida”, “Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha harajatlar smetasi to‘g‘risida”, “Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”, “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Radjapovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida”gi to‘rtta masala kiritildi.

Joriy yil 10 oktyabrdan boshlab mamlakat siyosiy maydonida faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya vakolatli vakillari tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga Saylovchilar tomonidan siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab quvvatlovchi imzolari qo‘yilgan imzo varaqalari taqdim etildi.

11-14 oktyabr kunlari imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuzilgan tarkibiga MSKning doimiy asosda ishlovchi a’zolari ichki ishlar va adliya organlarining xatshunos ekspertlari, mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etilgan Ekspert guruhi teshkshirib chiqib, ijobiy xulosa berdi. Ushbu jarayonda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ham qatnashgan. 

Bugungi yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ekspert guruhining ijobiy xulosalariga muvofiq “Siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing